Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MSK saylov natijasi chiqqani bo‘yicha gaplarga izoh berdi

MSK saylov natijasi chiqqani bo‘yicha gaplarga izoh berdi

Foto: Xabar.uz

Ayrim ijtimoiy tarmoqlar  va OAVda kecha bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijasi chiqqani haqida xabarlar tarqalmoqda. Markaziy saylov komissiyasi bunga izoh berdi. 

«Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinganligi haqida xabar tarqatilmoqda. Bu xabar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan e’lon qilinishini yana bir karra eslatib o‘tamiz», —deyiladi bayonotda.

Masalan, nufuzli Euronews telekanali ham saylov natijalari bo‘yicha ma’lumotni e’lon qilgan. Unda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning 90 foiz ovoz olgani aytiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring