Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Metan zapravka»lar vodiy viloyatlarida ham yopildi

«Metan zapravka»lar vodiy viloyatlarida ham yopildi

«O‘ztransgaz» Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilmoqda.

«Ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha obektlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortgani bois ularga tabiiy gaz yetkazib berish dolzarb hisoblanadi.

Shuni inobatga olib, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari bugun 7-dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi», – deyiladi xabarda.

«O‘ztransgaz» vaziyat izga tushgach odatiy ish faoliyatiga qaytilishini eslatib, aholida «keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr» so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, «metan zapravka»lar faoliyatining to‘xtatilishi Toshkent shahrida avvalroq boshlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring