Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Merkel ham AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

Merkel ham AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

Foto: «REUTERS / Stefanie Loos/Pool»

Germaniya kansleri Angela Merkel «AstraZeneca»ning birinchi vaksinasini qabul qildi, deya ma’lum qildi Germaniya Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Shteffen Zaybert.

«Men bugun «AstraZeneca»ning birinchi vaksinasini qabul qilganimdan xursandman. Emlash kampaniyasida qatnashgan va emlanganlarning barchasidan minnatdorman. Emlash pandemiyani bartaraf etishning kalitidir», — deya Zaybert «Twitter»da Merkelning so‘zlarini keltirgan.

Shuningdek, u emlanganlik haqidagi sertifikatni ilova qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring