Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Meni o‘ldirmaydigan hamma narsa meni kuchli qiladi» — Nitsshe haq ekan

«Meni o‘ldirmaydigan hamma narsa meni kuchli qiladi» — Nitsshe haq ekan

Foto: FB

Olimlar buyuk nemis faylasufi Nitsshening «Meni o‘ldirmaydigan hamma narsa meni kuchli qiladi» degan hikmati ustida tadqiqot o‘tkazishdi.

Buning uchun 90-yillarda Milliy sog‘liqni saqlash institutlariga grant olish uchun ariza topshirgan yosh mutaxassislarning keyingi taqdiriga qiziqib ko‘rishdi. Aniqlik kiritilishicha, o‘shanda grantlar eng ko‘p ball to‘plaganlarga berilgan.

Tadqiqotchilar olimlarni ikki guruhga ajratishdi: birinchisi — o‘tish balini to‘plab grant olganlar, ikkinchisi — grantga ilinishiga ozgina ball yetmay qolganlar.

«Teng kuchga ega mutaxassislarni o‘zaro solishtirish uchun ham shunday tanlov qilindi», — tushuntiriladi tadqiqot mualliflari tomonidan.

Keyin ularning grantga hujjat topshirib bo‘lgandan keyingi davrda chiqargan ilmiy ishlari o‘rganildi: ularning soni, qancha iqtibos keltirilgan va hokazo.

Ma’lum bo‘ldiki, grantsiz qolgan olimlar keyingi besh yil davomida omadli (grantli) hamkasblariga qaraganda ilmiy ishlarni kamroq qilishgan. Lekin... ana undan keyingi davrda grant olmagan olimlarning ilmiy ishlari soni ham, sifati ham keskin oshib ketgan.

Yakuniy xulosa: haqiqiy daholarga va maqsadidan tolmaydigan insonlarga omadsizliklar foyda keltiradi. Xullas, buyuk Nitsshe yana bir bor haq!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring