Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Medvedev Toshkentdagi majlisda dollardan voz kechishni taklif qildi

Medvedev Toshkentdagi majlisda dollardan voz kechishni taklif qildi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT majlisida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘zaro milliy valyutada muomala qilish mexanizmini ishlab chiqishi kerakligini aytgan.

Medvedevning fikricha, milliy valyutadagi umumiy moliyaviy bozor davlatlarning umumiy raqobatbardoshligini oshiradi. Shuning uchun ham rus hukumati rahbari ShHT davlatlarining bank ekspertlari va moliyachilarini Moskvadagi davra suhbatiga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2020-yilda ilk bor Hindistonda o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring