Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malika» bozoridagi do‘konni o‘marganlar Qo‘qonda ushlandi

«Malika» bozoridagi do‘konni o‘marganlar Qo‘qonda ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 18-yanvar kuni tungi soat 01:30 larda noma’lum shaxslar Shayxontohur tumanida joylashgan «Malika» savdo majmuasining A-blok 29-do‘koniga kirish eshik oynasini o‘tkir tig‘li jism yordamida ochib, fuqaro 26 yoshli Adhamjon Yu.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 74.172.000 so‘mga teng bo‘lgan 2 dona noutbuk kompyuteri va turli rusumdagi 8 dona uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida mazkur o‘g‘rilik jinoyatini Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar 18 yoshli Jasurbek X., Oyatulloh A. va voyaga yetmagan 16 yoshli Alisher N.lar sodir etganliklari aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring