Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab o‘quvchisi hayvonot bog‘ida panjarani kesib, 70 ta maymunni qo‘yib yubordi

Maktab o‘quvchisi hayvonot bog‘ida panjarani kesib, 70 ta maymunni qo‘yib yubordi

Foto: «Yuya Shino / Reuters»

Yaponiyaning Tiba shahar politsiyachilari maktab o‘quvchisini hibsga olishdi. U hayvonot bog‘ida 70 ta maymunni qafasdan chiqarib yuborganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda «Japan Today» nashri xabar bergan.

10-iyun kuni ertalab Futssu shahridagi hayvonot bog‘i xodimlari yapon makakalari saqlanadigan joyda diametri 30 santimetr keladigan teshikni aniqlashdi. Sim to‘siq o‘tkir buyum yordamida kesilgan. Buning natijasida qafasdagi 70 ta maymun qochib ketgan.

23-sentyabr kuni politsiyachilar buzg‘unchilikda gumon qilib 16 yoshli maktab o‘quvchisini hibsga olishdi. Do‘stining avtomobili hayvonot bog‘iga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarida qayd etilgandan so‘ng uni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qo‘lga olingan yigitning do‘stlari ham hodisada ishtirok etgan yoki yo‘qligini tekshirishmoqda.

Qochib ketgan maymunlarning taqdiri haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring