Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

UFCda o‘rta vazn toifasida jang o‘tkazayotgan Mahmud Murodovning (25-6) navbatdagi raqibi Jerald Mirshert (32-14) bo‘ladi.

Mazkur jang 2021 yilning 28 avgustida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Murodov o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

33 yoshli Mirshert so‘nggi jangini 17 aprel kuni Bartosh Fabianskiga qarshi o‘tkazgan va raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Shuningdek, Mirshert UFCdagi faoliyati davomida Kevin Holand va Tiago Santos kabi mashhur yakkakurashchilar bilan jang qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring