Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Korrupsiya reytingida davlatlarning uchdan ikki qismi yomon ko‘rsatkich qayd etmoqda

Korrupsiya reytingida davlatlarning uchdan ikki qismi yomon ko‘rsatkich qayd etmoqda

«9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash» kuniga bag‘ishlangan «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida xalqaro media-forum o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Vazir o‘rinbosari o‘z nutqida Transparency International tashkilotining xulosasi jahonda korrupsiyani jilovlash bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligini ko‘rsatayotganligini, chunki tashkilot reytingida jahon mamlakatlarining uchdan ikki qismi 50 balldan kam ko‘rsatkich qayd etib turganligini ta’kidlab o‘tdi.

«O‘zi korrupsiyadan xalos bo‘la olmagan organ qanday qilib jamiyatda huquqbuzarliklarga qarshi kurashishi mumkin? Bunga uning na ma’naviy haqqi, na jismoniy imkoniyati bo‘ladi,» – dedi vazir o‘rinbosari. Shu maqsadda joriy yilning oktyabr oyidan boshlab Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning «kompleans nazorat» tizimi joriy etilayotgani, bundan ko‘zlangan maqsad sohada pora olish uchun mutlaqo imkon qoldirmaslik ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan dunyoning yetakchi KPMG kompaniyasi bilan hamkorlikda maxsus loyiha ishga tushirilgan. 

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi qabul qilinib, Korrupsiyaga qarshi kurashish kengashi tuzilgan va Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati tasdiqlangan.

2019-yil 20-mayda esa Korrupsiya faktlari haqida ishonchli xabar berganligi uchun adliya organlari va muassasalari xodimlarini mukofotlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlangan bo‘lib, tizimda o‘z-o‘zini tozalash mexanizmi ishga tushirilgan.

Shu bilan birga, aholida va davlat xizmatchilarida korrupsiyaga qarshi toqatsizlik va murosasizlik tuyg‘ularini tarbiyalash bo‘yicha faol ish olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda joriy yilning shu davriga qadar korrupsiyaga qarshi 19 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan, deydi o‘z ma’ruzasida.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring