Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli topildi

Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli topildi

Foto: «RIA Novosti»

Sautgempton universiteti bosh mikrobiologi Uilyam Kivil koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda misning zararsizlantiruvchi xususiyatidan foydalanishni taklif qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, po‘lat va plastik yuzasida 72 soat yashay oladigan virus misning ustida 4 soatdayoq nobud bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu metall ionlarining virus lipid membranasiga hujum qilib, so‘ngra ichiga kirib, uning DNKsini to‘liq halok qilishi bilan bog‘liq.

«Jamoat joylaridagi zina hamda eshik dastalarida, shuningdek, poyezd va avtobuslarning tutqichlarida mis elementlari bo‘lishi lozim», — deydi Kivil «Times»ga bergan intervyusida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring