Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 65 nafarga yetdi

Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 65 nafarga yetdi

Illyustrativ foto

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Farg‘onadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan bo‘lib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring