Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus har 16 soniyada bir bemorning jonini olmoqda

Koronavirus har 16 soniyada bir bemorning jonini olmoqda

Ponte-San-Petro (Italiya)da koronavirusning navbatdagi qurboni so‘nggi manzilga kuzatilyapti.

Foto: EPA/UPG

COVID-19 pandemiyasi har soatda 226 insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Bu shuni anglatadiki, koronavirus har 16 soniyada dunyoning qayeridadir bir bemorning jonini olmoqda. Sentyabr oyidagi kasallanishlar bo‘yicha o‘z tahlilini tayyorlagan «Reuters» agentligi bugun, 29-sentyabr kuni ushbu ma’lumotlarni taqdim etdi.

«Dunyomiz eng yuqori azob nuqtasiga yetib keldi. Naqadar ulkan raqamlar. Ammo har biri alohida hayot edi — kimningdir otasi yo onasi, turmush o‘rtog‘i, aka-ukasi, opa-singlisi, hamkasbi edi», — dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Jahonda har 24 soatda 5400 kishi xavfli infeksiyalar qurboniga aylanadi. Bu yil koronavirus oqibatida o‘limlar soni bezgak oqibatida vafot etganlar sonidan o‘rtacha hisoblaganda ikki baravarga oshib ketdi.

Atigi uch oy ichida COVID-19 oqibatida o‘limlar soni yarim milliondan ikki baravarga oshdi va tinmay o‘smoqda.

JSST vakili Mayk Rayan koronavirusdan o‘lganlar soni kamaytirib ko‘rsatilayotgani haqida o‘z fikrini bildirgandi. Uning gumonicha, kasallanishlar va o‘limlar statistikasi aslidagidan past ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring