Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘pkari sovriniga tikilgan bo‘ri tabiatga qo‘yib yuborildi

Ko‘pkari sovriniga tikilgan bo‘ri tabiatga qo‘yib yuborildi

Videodan skrinshot

Zominda qafasda saqlanayotgan bo‘ri ko‘pkarida sovringa tikilishi haqidagi videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Tuman IIB xodimlari zudlik bilan surishtiruv o‘tkazishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zomin tumanining Turkman MFYda yashovchi K.G‘. hududdagi yaylovda bo‘rini tutib olib, qafasda saqlagan. Ushbu holatga guvoh bo‘lgan shu tumanning Navbahor mahallasida yashovchi O.U. hamda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi R. telefonda qafasdagi bo‘rini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborishgan.

Zomin tumani IIB, tuman ekologiya prokuraturasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tuman bo‘limi vakillari huquqbuzar K.G‘.ni tegishli tartibda jazoga tortish choralarini ko‘rishgan. Ya’ni u bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima to‘ladi. Bo‘ri esa Zomin davlat qo‘riqxonasi hududida qo‘yib yuborildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring