Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish hajmi uch baravar oshiriladi

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish hajmi uch baravar oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor davomida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ikki yilda 6 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar barpo etildi, hatto 25-30 qavatli uylar qurilmoqda. Lekin, bu uylarning ekspluatatsiyasi va uy-joy massivlarida xizmatlarni rivojlantirish bilan kim shug‘ullanadi degan savolga hali aniq javob yo‘q.

Sherzod Hidoyatov (uy joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri) viloyat hokimlari bilan birga, joriy yilda boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish orqali, ko‘p qavatli uylarga xizmatlar ko‘rsatish hajmini kamida 3 baravarga oshirib, 1,5 trillion so‘mga yetkazishga mas’ul bo‘ladi, — dedi davlat rahbari.

Yig‘ilish davomida ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish hajmi 513 milliard so‘mdan iborat bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring