Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karim Benzema ertaga qamalib ketishi mumkin

Karim Benzema ertaga qamalib ketishi mumkin

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Karim Benzema 22 oktyabr kuni 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Ertaga sud hukmi e’lon qilinadi.

Mate Valbuena ishi bo‘yicha o‘tkazilgan sud jarayoni nihoyat yakunlandi. Prokuror sudyadan Benzemaga 10 oylik qamoq va 75 ming yevrolik jarima qo‘llashni so‘radi.

Qolgan uch kishiga esa 18 oydan 4 yilgacha qamoq va katta miqdorli jarimalar xavf solib turibdi.

Eslatib o‘tish kerak, 2015 yilda Karim Benzema terma jamoadagi sherigi Mate Valbuenaning intim videolarini tarqatganlikda ayblangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring