Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi

Jizzaxda xalqaro kurort tashkil etiladi

«Zomin» turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6201-son, 06.04.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:

  • «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi;
  • «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi;
  • Turistik zona hududida «Suffa platosi. 2 400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «O‘riklisoy» turizm majmuasi.

Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring