Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JICA O‘zbekistonda qanday ishlarni amalga oshirmoqda? (video)

Yaponiya elchixonasi jurnalistlar uchun press-tur tashkil etdi

Kecha, 6-fevral kuni Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida jurnalistlar uchun press-tur o‘tkazdi.

Tadbir avvalida Yaponiya elchixonasining iqtisodiyot va iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha birinchi kotibi Yamoto Yoko xonim, iqtisodiy hamkorlik  bo‘limi xodimi Kamola Alixo‘jayeva va JICAning mamlakatimizdagi vakolatxonasi koordinatori Kubota Mizuxo hamda vakolatxona xodimi Farhod Qurbonovlar OAV vakillariga kunchiqar mamlakat bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, JICAniing yurtimizda amalga oshirayotgan loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shundan so‘ng jurnalistlar JICA tomonidan amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishishga taklif etildi.

Dastlab OAV vakillari ushbu vakolatxona yordamida ochilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan, umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazini ko‘zdan kechirishdi. Loyiha doirasida oliygoh media-markaziga TV dasturlarni tasvirga olish tizimi, TV yoritkich qurilmalari, virtual studiya, TV yangiliklarni yaratish qurilmalari, videomontaj tizimi, raqamli fotostudiya qurilmalari, audio yozish tizimi, media pavilonni boshqarish qurilmalari o‘rnatilgan.

JICA tomonidan poytaxtimizdagi 121-maktabda o‘qituvchilarning malakasini oshirishga mo‘ljallagan o‘qitish jarayonlarini boshqarish tizimi (Learning management System) loyihasi amalga oshirilmoqda. Anjuman tashkilotchilari jurnalistlarga ushbu loyiha afzalliklari, ahamiyati haqida so‘zlab berishdi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi volontyorlar tayyorlashga alohida ahamiyat beradi. Tashkilotning turli yo‘nalishdagi volonyotrlari ko‘plab mamlakatlarda faoliyat olib boradi. Ashida Koki ana shunday ko‘ngillilardan biri. U O‘zbekiston dyuzdo federatsiyasiga jalb etilgan. Ashida O‘zbekiston dyuzdo terma jaomasiga nomzodlar saralab olish mashg‘ulotlarida qatnashadi. Shuningdek, u Federatsiyada dyuzdo bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. OAV xodimlari fedratsiyada Ashida Koki o‘tkazayotgan mashg‘ulotlar bilan tanishishdi.

Yuqoridagi videoreportajda press-tur jarayonida tasvirga tushirilgan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring