Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Javrail Shapiyev Olimpiada medali uchun kurashadigan bo‘ldi

Javrail Shapiyev Olimpiada medali uchun kurashadigan bo‘ldi

Erkin kurashchimiz Javrail Shapiyev (-86 kg) kechki dasturda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

O‘tish bosqichida Shapiyev litsenzion jahon chempionatida bronza medali orqali Olimpiadaga yo‘llanma olgan shveysariyalik Stefan Reyxmut bilan kurashdi. Murosasiz kurashda vakilimizning qo‘li balandi keldi va kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi. Unda hamyurtimizga rossiyalik Artur Naifonov raqiblik qiladi.

-57 kg vazn toifasida kurashgan G‘ulomjon Abdullayev esa bronza medali uchun o‘tish bosqichida AQSh vakili Tomas Gilmanga mag‘lubiyatga uchradi va medalsiz qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring