Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning ikki nashriyoti xalqaro kitob ko‘rgazmasida ishtirok etdi

O‘zbekistonning ikki nashriyoti xalqaro kitob ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Belarusiyaning Minsk shaxrida 18-21 fevral kunlari XXVIII-xalqaro kitob ko‘rgazmasi yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan O‘zbekiston va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi vakillari ishtirok etib, 150 dan ziyod kitoblarni taqdim etishdi.

Ishtirok davomida bir qator davlat nashriyotlari bilan birga hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Eron, Turkiya davlat nashriyotlari O‘zbekiston nashriyotlari bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Kitob ko‘rgazma-yarmarkasining so‘ngi kunida O‘zbekistonning Belarusiyadagi elchixonasi faol ishtirok uchun taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi va Belarusiyaning Belkniga kitoblar tarmog‘i tashkiloti o‘rtasida Memorandum imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring