Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ixtisoslashgan maktablarda o‘qishga talabgorlar soni ma’lum qilindi

Ixtisoslashgan maktablarda o‘qishga talabgorlar soni ma’lum qilindi

Foto: «Yandex»

Ixtisoslashgan maktablarda o‘qish uchun 106 mingdan ortiq talabgor-o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tdi. Eng yuqori ko‘rsatkich Shovotdagi Xalqaro fizika-matematika maktabida bo‘ldi.

Joriy yil 10-iyul kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish yakunlandi.

Bir oy davom etgan qabul jarayonida 735 ta ixtisoslashtirilgan maktablarga  106 mingdan ortiq talabgorlar saralash tanlovida ishtirok etish uchun my.maktab.uz sayti elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tdi.

Eng ko‘p hujjat topshirilgan hududlar orasida Surxondaryo viloyatida bir o‘ringa o‘rtacha 4,4 ta talabgor ro‘yxatdan o‘tgan.

Ixtisoslashgan muassasalar orasidan esa, eng yuqori ko‘rsatkich Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika-matematika maktabi matematika yo‘nalishida bir o‘ringa 29 ta, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi matematika-fizika yo‘nalishida bir o‘ringa 15 ta talabgor ro‘yxatdan o‘tgan. 

Saralash tanlovlari Davlat test markazi tomonidan joriy yilning 30-iyuliga qadar katta xajmdagi auditoriyalarda (pavilon) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Saralash tanlovi natijalariga ko‘ra 34 050 nafar iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilida fizika, chet tili, matematika, kimyo-biologiya, informatika va Axborot texnologiyalari yo‘nalishida 421 ta ixtisoslashgan maktablar tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring