Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-sohasida tanlov: g‘olib uchun 50,000 AQSh dollari

IT-sohasida tanlov: g‘olib uchun 50,000 AQSh dollari

Foto: Qoraqalpog‘iston hukumat portali

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida IT-Park tomonidan e’lon qilingan eng yaxshi davlat mobil ilovasi tanlovi — «mGovAward» targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Qoraqalpog‘iston hukumat portali

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i T.Bayekeyev, IT-Park direktori  F.Ibragimov, hindistonlik maslahatchi Jarayam Partasarti va inkubatsiya loyihasi menedjeri F.Maksumovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga mazkur tanlovning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Foto: Qoraqalpog‘iston hukumat portali

Ta’kidlanganidek, «mGovAward» O‘zbekiston universitetlari talabalarining innovatsion potensialidan foydalangan holda ishlab chiqilgan davlat xizmatlarining eng yaxshi va samarali mobil ilovasi uchun mo‘ljallangan. Ushbu mukofot yosh talabalarni O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilish va davlat qurilishida qatnashishga undash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida tashkil etilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston davlat xizmatlarini samarali, shaffof va uzluksiz ravishda qulay mobil ilova yordamida ko‘rsatish orqali fuqarolarining hayotini yaxshilashdir.

Tanlov mezonlari va unda qatnashish shartlari haqida quyida ma’lumot taqdim etiladi.

Eng yaxshi davlat mobil ilovasi tanlovi

«mGovAward» O‘zbekiston universitetlari talabalarining innovatsion potensialidan foydalangan holda ishlab chiqilgan davlat xizmatlarining eng yaxshi va samarali mobil ilovasi uchun mo‘ljallangan. Ushbu mukofot yosh talabalarni O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilish va davlat qurilishida qatnashishga undash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida tashkil etilgan.

Maqsad – O‘zbekiston davlat xizmatlarini samarali, shaffof va uzluksiz ravishda qulay mobil ilova yordamida ko‘rsatish orqali fuqarolarining hayotini yaxshilash.

Umumiy yutuq jamg‘armasi

  • $100.000 AQSh dollari

1-o‘rin uchun

  • 50,000 AQSh dollari

2-o‘rin uchun

  • 30,000 AQSh dollari

3-o‘rin uchun

  • 20,000 AQSh dollari

Asosiy mezonlar

•    Samaralilik va samaradorlik

Ushbu mezon taqdim yetilgan ilovaning maqsadli auditoriya o‘rtasida xizmatdan foydalanish miqyosi va davlat xizmatiga tegishli bo‘lgan muammolarni hal qilish darajasiga qaratilgan.

•    Qulaylik

Ushbu mezon foydalanuvchilar nuqtai nazaridan xizmatlarning qulayligi darajasini belgilaydi. Bunda asosiy e’tibor funksionallikka qaratilgan, ammo u bilan cheklanmaydi. Qulaylik bu – dostona dizayn va qulay navigatsiya (Ko‘rish va his qilish).

•    Innovatsiya

Ushbu mezon «Qoyil!» faktoriga asoslangan, ya’ni g‘oyalarni ijodiy birlashtirish orqali noyob, o‘ziga xos va yangi hayotiy voqealarga yunaltirilgan yechimlar ishlab chiqishda mijozlarning umumiy tajribasiga ta’sir qiladigan tarzda texnologiyalardan innovatsion foydalanish yoki yangicha yondoshishga qaratilgan.

Qatnashish shartlari

• Tanlovda faqat O‘zbekiston Respublikasi davlat va xususiy universitetlarining talabalari qatnashishi mumkin.
• Talaba yakka tartibda qatnasha olmaydi.
• Talabalar bittadan ko‘p ilova bilan qatnashishi mumkin.
• Mobil ilova yoki yechim O‘zbekiston hukumati tomonidan fuqaro yoki biznes uchun taqdim yetiladigan (G2C yoki G2V) davlat xizmatlaridan biriga bog‘langan bo‘lishi kerak.
• Mobil ilova va yechimlar universitet talabalari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilishi shart.
• Barcha yuborilgan hujjatlar mobil ilovaning asosiy xususiyatlari va afzalliklarini ochib beradigan video-lavhani o‘z ichiga olishi kerak.
• Universitetlar ular nomidan qatnashgan har bir jamoaga avtorizatsiya xatini berishi kerak. Xat (ma’lumotnoma) barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, universitet rahbari yoki mutasaddi xodimi tomonidan imzolangan, universitet muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi zarur.
• Universitet O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan va tan olingan bo‘lishi kerak.
• Har bir talabalar jamoasi kamida 3 nafar a’zolardan tashkil topgan bo‘lib, ulardan kamida bittasi talaba bo‘lishi tavsiya etiladi.
• Jamoada o‘qituvchilar qatnashishi man etiladi.
• Universitet nomidan qatnashadigan jamoalar soni cheklanmagan.
• Har bir jamoa bittadan ko‘p ilova va yechim bilan qatnashishi mumkin.
• Har bir jamoa fakultet yoki soha mutaxassislaridan o‘ziga mentor tanlash imkoniyatiga ega.
• Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida barcha jamoa a’zolari «mGovAward 2019» tanlovi «Katta finali»da foydalanadigan barcha vosita/dasturlarning litsenziya va foydalanish shartlariga rioya qilishlarini imzo bilan tasdiqlaydi.
• Istisno sifatida  Jamoa safiga iqtidorli kollej, akademik litsey va o‘rta maktab o‘quvchilarini jalb etish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring