Isroil Madrimov bekor qilingan jangi bo‘yicha munosabat bildirdi
Super yarimo‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning 21 dekabr kungi jangi bekor qilindi.
U o‘sha kuni Ar-Riyodda tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida ukrainalik Sergey Bogachuk bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Ammo jang Madrimovning o‘tkir bronxit bilan kasallangani bois bekor qilindi.
Mazkur jang bekor bo‘lishidan oldin Isroilning 2025 yil 22 fevral kuni Ar-Riyodda WBC Interim kamari sohibi, amerikalik Verjil Ortis bilan jangi qilishi e’lon qilingan edi.
29 yoshli Isroil Madrimov olamsport.com muxbiri bilan suhbatda Sergey Bogachuk bilan jangi bekor qilingani bo‘yicha savolga «Ha, hozirda salomatligim yaxshi emas. Jangning bekor qilinishiga bosh sabab ham shu», deya javob qaytardi.
Ma’lumot uchun, 21 dekabr kuni Isroil Madrimovning o‘rniga britaniyalik Ismael Devis Sergey Bogachuk bilan to‘qnash keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter