Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirishga qiziqmoqda

Ispaniya O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirishga qiziqmoqda

Ispaniyaning «Barcelona Medical Destination» markazi mutaxassislardan iborat delegatsiya amaliy safar bilan O‘zbekistonga keldi.

«Dunyo» AA bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu safar O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan.

O‘zbekistonda Ispaniyaning yetakchi klinikalari yuqori texnologiyali tibbiyot sohasida o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi. Taqdimotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Murod Qurbonov, Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha vakili, shuningdek, Tibbiyot turizmi uyushmasi va Toshkentdagi yirik tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

Ispaniya klinikalarining taqdimotlari O‘zbekiston tomoniga katta qiziqish uyg‘otdi. Yig‘ilganlar tibbiy xizmatlarning narxi, vizani qo‘llab-quvvatlash shartlari, sug‘urta va hamkorlikning boshqa jihatlari xususida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muloqotni davom ettirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning Ispaniyaning yetakchi klinikalariga o‘quv amaliyotini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Bu ikki davlat o‘rtasida tibbiy turizmni rivojlantirish va tajriba almashish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring