Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom Karimov xotirasiga Qur’on tilovat qilindi (foto)

Islom Karimov xotirasiga Qur’on tilovat qilindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentyabr sanasi Birinchi Prezident Xotirasi kuni sifatida nishonlanadi. Mamlakatimiz tarixini, Islom Karimov xizmatlarini e’zozlash xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Birinchi Prezidentimiz boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzumizni amalda ta’minlagan olamshumul voqea ekanini ta’kidladi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring