Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyatni pandemiyadan battar balo kutyapti — yanada qaynoq va qimmat...

Insoniyatni pandemiyadan battar balo kutyapti — yanada qaynoq va qimmat...

Foto: «SunHome»

Yaqin 30 yilda sayyoramiz harorati Selsiy bo‘yicha 2,6 darajaga ko‘tarilarkan. Ana shu kichkina raqam «katta yettilik» (G7) mamlakatlarini yillik YaIMning 8,5 foizidan mahrum etadi.
Solishtirish uchun: «yettilik» koronavirus oqibatida YaIMning 4,2 foizini yo‘qotgandi. Hali bular mutaxassislar dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlari uchun hisoblab chiqqanlari...

O‘tgan may oyida G7 a’zolari issiqxona gazlari chiqarilishini nulga tushirishga kelishib olishgandi, faqat hozirmas, 2050-yilda... Katta davlatlar yaqin besh yilda ekologik muvozanatlangan iqtisodiyotni tiklash uchun $100 mlrd. ajratishmoqchi. Biroq ekspertlarning fikricha, iqlimiy muammolarni yengib o‘tish uchun buning o‘zi kam.

Gap shundaki, sayyoramiz haroratining ko‘tarilishidan hozircha yuqoridagi boy davlatlar emas, qashshoq mamlakatlar aziyat chekmoqda. Shunday ekan, iqlimiy inqirozdan chiqish uchun boshqalar ham «katta yettilik»ga ergashishi lozim. Boshdan o‘tkazayotganimiz pandemiya ilgari tillardan tushmagan globalizatsiya asosan ko‘pikdan iboratligini ko‘rsatib qo‘ydi. Vaksinalarning dunyoda taqsimlanishi, global iqtisodiy aloqalarning buzilib ketayotgani — misollar ko‘p.

Endigi masala koronavirusdan ham muhim, zero, sayyoramizning taqdiri hal bo‘lmoqda — COVID-19dan insoniyat yetarlicha xulosa chiqardimi, butun dunyo mamlakatlari iqlimiy tahdidga qarshi birlasha oladimi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring