Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Insoniyatga o‘lim keltiruvchi yangi epidemiya xavf solmoqda — bu COVID emas!

Insoniyatga o‘lim keltiruvchi yangi epidemiya xavf solmoqda — bu COVID emas!

Foto: «Khampha.vn»

Insoniyatga ko‘p o‘limlarga olib keluvchi yangi epidemiya xavf solyapti — bu haqda taniqli boshlovchi, doktor Aleksandr Myasnikov o‘z telegram-kanalida yozmoqda.

Ushbu tahdiddan himoyalanish choralarini ishlab chiqish o‘ta muhim. Bu xavf koronavirus emas, balki gripp — aynan unga qarshi universal vaksina ishlab chiqarish zarur, deya ta’kidladi Myasnikov.

Doktorning fikricha, insoniyat uchun eng katta xavf — «parranda» yoki «cho‘chqa» grippidir.

«Virusologlar yozishganidek: jiddiy epidemiya bizdan bir necha mutatsiya narida turibdi (birinchisi — hayvondan odamga o‘tishi, ikkinchisi — odamdan odamga o‘tishi). Xitoyda birinchisi — parranda yoki cho‘chqadan odamga yuqishi muntazam qayd etilyapti, halokatga bir qadam turibmiz», — tushuntirdi doktor Myasnikov.

Agarda o‘lim ko‘rsatkichi 35-40 foizlik virus paydo bo‘ladigan bo‘lsa, vaksina ishlab chiqilguniga qadar o‘n millionlab insonlar hayotdan ko‘z yumadi, shunday ekan, barcha olimlar va mablag‘larni hozirdanoq grippga qarshi «universal» vaksina ishlab chiqarishga yo‘naltirish kerak, deydi Myasnikov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring