Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyotga bir qadam — Eynshteyn nazariyasi xatomi?

Insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyotga bir qadam — Eynshteyn nazariyasi xatomi?

Illyustrativ foto

Shveysariya olimlari insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyotga bir qadam turishibdi — bu uddalansa Eynshteyn nazariyasi yo‘qqa chiqadi.

Sodda qilib aytganda:

  • Dark Energy Survey loyihasi uzoq yillardan buyon Koinot kengayishi va gravitatsion o‘ralarni faol o‘rganib kelmoqda.
  • Gravitatsion o‘ra — atrofidagi barcha narsalarni yutib yuboruvchi ulkan jism yoki qora tuynuq, u «Interstellar» filmida yaxshi ko‘rsatib berilgan.

Olimlar hayratda

  • Dark Energy Survey o‘nlab mamlakatlarda to‘plangan ma’lumotlarni bir joyga yig‘ib, bir paytning o‘zida Koinotning 4 ta to‘rtta tarixiy nuqtasida 100 millionlab galaktikani tahlil qildi.
  • Olimlar avvaliga 7 milliard yil avvalgi tarixga razm solishdi, bu yerda Eynshteynning nisbiylik nazariyasi to‘liq isbotlandi.
  • Biroq 3,5 milliard yil avvalgi tarixga nazar tashlagan olimlar hayratga tushishdi — gravitatsion o‘ralar o‘lchamlari Eynshteyn hisob-kitoblariga umuman mos kelmadi.

Bu nimani anglatadi?

  • Eynshteynning nisbiylik nazariyasi — xato.
  • Hozirda Eynshteyn bilan farq 60 foiz — olimlar uni 100 foizgacha yetkazishni rejalashtirgan.

Bizni nima kutmoqda?

  • Olimlarning fikricha, gravitatsiya nisbiylik nazariyasidan ham keng masshtabdagi qonunlarga bo‘ysunadi — tadqiqotlar muvaffaqiyatli kechsa fizikaning yangi qonunlari ochilishi mumkin.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring