Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ikki nafar qizi bor hamshira ayolni urib sudrashgani» videosiga izoh berildi

«Ikki nafar qizi bor hamshira ayolni urib sudrashgani» videosiga izoh berildi

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda «2 nafar qizi bor hamshira ayolni urib sudrashgani aks etgan video tarqaldi» sarlavhasi ostida tarqalgan holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB tomonidan ma’lumot berildi.

Tasvirlardagi hodisa 2021-yil 5-fevral kuni Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan.

Kelishmovchilik tumanning «Bog‘ishamol» mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro X.D. hamda uning «A.Navoiy» MFYdagi uyida ijarada yashab kelayotgan, 1983-yilda tug‘ilgan B.S.lar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Fuqaro X. ushbu uyni boshqa bir kishiga sotganligi sababli, ijarachidan uydan chiqishini so‘ragan. B. esa ushbu xonadonning ijara pulini mart oyiga qadar to‘lab qo‘yganligini, shu sababli uydan chiqmasligini aytgan.

Oqibatda janjal yuzaga kelgan. Oqibatda fuqaro B. tan jarohatlari bilan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudiga taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring