Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki davlat vaziri uchrashdi

Ikki davlat vaziri uchrashdi

Bugun, 4 dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv doirasida Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi huzuridagi «Raqamli hukumat» idorasining faoliyati to‘g‘risidagi taqdimoti ham bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib turibdi. Avvalroq Astana Hub faoliyati bilan tanishilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring