Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV vakili: «Bir-ikki yil ichida propiska deyarli ko‘tarilmaydigan masalaga aylanadi»

IIV vakili: «Bir-ikki yil ichida propiska deyarli ko‘tarilmaydigan masalaga aylanadi»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida IIV rasmiylari ishtirokida «Ichki ishlar organlarida migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida» matbuot anjumani tashkil etildi. 

Tadbirda jurnalistlar tomonidan Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatda turish va propiska tizimi zaruriyati borasida savollar berildi. 

Vazirlik vakili Ruslan Karimov barcha uchun dolzarb va ko‘p murojaat qilinadigan ushbu mavzu yuzasidan fikr bildirib o‘tdi. 

«Propiska tizimi, barchaga ma’lum dunyoning ikki-uchtagina davlatidagina qolgan xolos. Bizga qonunchiligi yaqin bo‘lgan Rossiya, Belarus kabi davlatlarda ham propiska emas, registratsiya tizimi bor. Biz ham shu yo‘lga o‘tsak bo‘lmaydimi degan savollar bo‘lyapti. Bizda ham propiska tizimi bo‘yicha ishchi guruh ishlayapti, o‘rganyapti, jarayon to‘xtab qolgani yo‘q. O‘zgarishlar bo‘ladi, bu bo‘yicha takliflar ishlab chiqilyapti. 2021-yildan ID-kartaga o‘tamiz, unda masalan muhr bosish talab etilmaydi. ID-kartaga o‘tish asnosida ko‘p narsalar o‘zgaradi. Mana avval OVIR stikeri faqat O‘zbekiston va Shimoliy Koreyada bor edi, biz xorijga chiqish pasportini joriy qildik. Bir-ikki yil ichida propiska deyarli ko‘tarilmaydigan masalaga aylanadi»-,dedi Ruslan Karimov. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring