Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston ShHT onlayn-konferensiyasini nega tark etdi?

Hindiston ShHT onlayn-konferensiyasini nega tark etdi?

Foto: «Mk.ru»

Hindistonning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Anjit Doval hamda ushbu mamlakat delegatsiyasi 15-sentyabr kuni Rossiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) onlayn-konferensiyasini tark etdi. Hindlarning noroziligiga Pokiston vakili o‘z chiqishida fon sifatida ishlatgan Pokiston xaritasi sabab bo‘lgan: unga Hindiston bilan bahsli hududlar kiritilgan.

Hindistonliklar ushbu holatni mezbon tomonning tavsiyalarini va uchrashuv qoidalarini qo‘pol ravishda buzish deb hisoblashgan va uchrashuv tashkilotchisi bilan kelishilgan holda, konferensiyani tark etish orqali o‘z noroziliklarini ifodalashgan.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon avgust oyida mamlakatning yangi siyosiy xaritasi tasdiqlanganini ma’lum qilgandi. Xaritaga Kashmir hududi to‘liq, xususan, Hindiston nazorati ostidagi qismi hamda boshqa bahsli hududlar ham kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring