Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hilola Umarova: «O‘quvchilarimiz maktab davridanoq frilanser bo‘lib ishlashlari mumkin» (video)

Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kundan kunga jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot, ya’ni elektronlashtirilgan xizmatlarga talab oshib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda bu tarmoqning amalda barcha jabhalarni qamrab olgani mamlakatlarning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy sohalari gurkirab o‘sayotganida ko‘zga tashlanmoqda.

Joriy yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Unda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga yangidan-yangi investitsiyalar kiritilishiga olib keladi. Eng muhim investitsiya esa yoshlik davridan mustahkam bilim va malakali ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratishdir…

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan va 2019-yil yangi innovatsion binoga ko‘chib o‘tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘z zimmasiga yuklangan mas’uliyatni anglagan holda faoliyat olib bormoqda.

«Xabar.uz» sayti xodimlarining navbatdagi tashrifi ushbu maskan bo‘ldi. Demak, bugungi suhbatdoshimiz yosh ekaniga qaramay, teran fikrlovchi, keng dunyoqarashga ega, katta pedagoglar jamoasini birlashtirib, boshqaruvchilikni yaxshi uddalayotgan rahbar – maktab direktori Hilola Umarova.

Suhbat bilan video orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring