Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hibsxonada tomirini kesgan shaxsga tazyiq o‘tkazilganmidi? Bosh prokuratura izoh berdi

Hibsxonada tomirini kesgan shaxsga tazyiq o‘tkazilganmidi? Bosh prokuratura izoh berdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov hibsxonada tomirini kesgan shaxsga oid xabarlarga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, dastlabki tergov jarayonida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan K. A. R. I. (sudlanuvchining uzundan-uzun ismi sharifi u arab davlatlarining birida tug‘ilgani bilan izohlanadi, biroq u O‘zbekiston fuqarosi - tahr.) 2019 yil 28 noyabr kuni soat 16:50 da hibsxona ma’muriyati xodimlarining qabuliga chaqirtiriladi. Biroq u hibsxona xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, jazavaga tushib, baland ovozda gap qaytaradi. Va o‘zi saqlanayotgan kameraga borib, bir marotabalik soqol olish moslamasining lezviya bo‘lagi bilan chap qo‘li bilak yuzasini bir necha bor tilvoradi. Ushbu holat bo‘yicha hibsxona TQB xodimlari tomonidan tibbiy guvohlantirish o‘tkazilib, bayonnoma va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarni tan jarohatlarini ro‘yxatga olish jurnaliga qayd qilingan.

Tergov hibsxonasida saqlanishi davomida unga jismoniy va ruhiy tazyiqlar o‘tkazilmagan.

Alohida qayd etilishicha, K. A. R. I. va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi «v» (tovlamachilik), 118-moddasi 3-qismi «a» (birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qili), 119-moddasi 3-qismi «a» ( zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) hamda 138-moddasi 2-qismi «a» (nomusga tegish) bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanayotir.

Jinoyat ishi poytaxtning JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) tuman sudlarining birida yopiq tarzda o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring