Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hasanboy Do‘stmatov jahon chempionati bilan xayrlashdi

Hasanboy Do‘stmatov jahon chempionati bilan xayrlashdi

Foto: «Ufcboxuz»

-51 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan JCh-2021 da Hasanboy Do‘stmatov 26-oktyabr, seshanba kuni qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga chiqdi.

Hakamlar 3 raund yakuniga ko‘ra qozog‘istonlik bokschining 5:0 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi. Shu tariqa Hasanboy Do‘stmatovning 2,5 yildan so‘ng havaskor boksga qaytishi omadsiz yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq -67 kg vaznda farg‘onalik bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda -80 kg toifasida Odiljon Aslonov 1/16 finalga yo‘l olgani haqida xabar bergandik.

Bugun, 26-oktyabr kuni jahon chempionatida yana bir nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

- 75 kg. Saidjamshid Jafarov — L.Ferneza (Slovakiya) (23:05dan keyin).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring