Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulnora Karimova Shveysariyadagi sudda yutib chiqdi

Gulnora Karimova Shveysariyadagi sudda yutib chiqdi

Gulnora Karimova Shveysariyadagi sud jarayonida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Karimovaning advokati Greguar Manjaning so‘zlariga ko‘ra, bu muhim g‘alabadir. U Karimovaga Shveysariya banklaridagi 350 million dollarlik aktivlaridan foydalanishga imkon beradi. 

O‘zbekiston fuqarosi B. Gulnora Karimova nomidan bir qator kompaniyalar tashkil qilish va hujjatlarni qalbakilashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda aybdor deb topilgan.

Sudning ushbu qarori pullarni O‘zbekistonga qaytarishda muhim bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova ilk bor 2015-yilda jazoga tortilgan edi. 2020- yildagi oxirgi hukmga ko‘ra, u 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring