Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Grim operatsiyasi». 7 yil «o‘tirib chiqqan» shaxs Madaniyat vazirligiga bosh hisobchi bo‘ldi va...

«Grim operatsiyasi». 7 yil «o‘tirib chiqqan» shaxs Madaniyat vazirligiga bosh hisobchi bo‘ldi va...

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev yig‘ilishda Madaniyat vazirligining ayrim mansabdorlari o‘ziga xos jinoiy sxema yaratishgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Muqaddam o‘g‘irlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab chiqqan I. 2019-yil fevral oyida vazirlik bosh hisobchisi lavozimiga tayinlangan. Budjetni o‘marishda qulay imkoniyatni qo‘lga kiritgan I. dastlab ishni tanishlari Yo. va K bilan jinoiy reja tuzishdan boshlaydi.

Rejaga ko‘ra, I. vazirlik xaridlarini fuqaro K. va uning yaqinlariga tegishli firmalarga berish uchun 26 ming dollar ulush oladi.

Shundan so‘ng, vazirlik tizimidagi teatr, madaniyat uylari va boshqa tashkilotlarga zarur grim mahsulotlari uchun tanishi K.ga tegishli firmalarga 2,6 mlrd. so‘m o‘tkazib beriladi.

O‘z navbatida, bu firmalar grim o‘rniga «O‘rikzor» bozoridan 264 mln. so‘mga arzon va sifatsiz kosmetika mahsulotlarini sotib olib, uni grim ekanligi haqida soxta hujjatlarni tuzib, vazirlikka topshiradi.

Vazirlik esa, madaniyat muassasalariga umuman kerak bo‘lmagan bu mahsulotlarni grim sifatida soxta hujjat qilib, ularga yetkazib beradi.

Sxemaga ko‘ra, mahsulot narxi hujjatlarda bir necha barobar qimmat ko‘rsatilib, 2,3 mlrd. so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Vazirlik ishlar boshqarmasi boshlig‘i O. teatr va musiqiy maktablarga aslida yetkazib berilmagan mebel va musiqa anjomlari yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlar tuzib, 1,7 mlrd. so‘mni o‘ziga tanish firmalarga o‘tkazib, talon-taroj qilgan.

Shuningdek, 13,5 mlrd. so‘mlik mebel va jihozlarni tanishlaridan 20,2 mlrd. so‘mga olish yo‘li bilan 6,7 mlrd. so‘m ham talon-toroj qilingan.

Bu jinoiy sxema bilan 12 mlrd. so‘m budjet mablag‘i o‘marilgan. Hozirda bu shaxslar qamoqqa olinib, tergov o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring