Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Grand Mir mehmonxonasi yonida 4 ta mashina to‘qnashdi (foto)

Grand Mir mehmonxonasi yonida 4 ta mashina to‘qnashdi (foto)

Foto: «Iibb.uz»

2021-yil 7-aprel kuni soat 09:45 da Yakkasaroy tumani Katta Mirobod ko‘chasida 28 yoshli samarqandlik Akram I. «Lacetti» rusumli avtomobilni Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib Katta Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida svetoforning taqiqlovchi belgisiga to‘xtagan bir nechta transport vositalari bilan to‘qnashgan. Ular qatorida: 35 yoshli Shobahrom Sh. boshqaruvidagi «Spark» avtomobili va 24 yoshli Abduvohid K. boshqaruvidagi «Matiz» avtomobili. Shundan so‘ng «Lacetti» beton ustunga to‘qnashgan.

Zarbadan «Matiz» avtomobili ag‘darilib, qarshisida turgan 30 yoshli Baxtiyor T. Boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yo‘lovchi avtobusiga to‘qnashgan. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

YTH natijasida avtobus yo‘lovchilariga zarar yetmadi. «Lacetti» avtomobili va «Spark» avtomobili yo‘lovchisi (shaxsi aniqlanmoqda) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring