Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fitch Ratings: Xalq banki reytingi yana ko‘tarildi!

Fitch Ratings: Xalq banki reytingi yana ko‘tarildi!

Joriy yilning 12-avgustida Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Xalq banki reytingini “B+”dan “BB-” darajasiga ko‘tardi. Bu esa bankning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda mijozlar ishonchini orttirishga xizmat qiladi.

Bu nimani anglatadi?

Xalq bankiga berilgan uzoq muddatli emitent defolt reytinglari Fitch Ratings agentligi fikrini aks ettirib, zarurat tug‘ilganda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ehtimoli borligini bildiradi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich bankning barqaror va ijobiy, istiqbolli moliyaviy vaziyatga ega ekanini anglatadi.

Xalq banki O‘zbekistonda eng ko‘p filiallar tarmog‘iga ega bo‘lib, uning 1100 dan ortiq bo‘limlari mavjud. Joriy yilning birinchi yarim yilligi oxirida bank tizim aktivlarining 5 foizi, kreditlarning 4 foizi va omonatlarining 7 foiziga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi beshinchi yirik bank bo‘ldi.

Shuningdek, Xalq banki hukumatning pensiya va ijtimoiy to‘lovlar agenti sifatida faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, butun O‘zbekistonning doimiy daromadga ega aholisi uchun pensiya jamg‘armalarini to‘playdi va boshqaradi.

Eng muhimi, xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan sarmoyalar salmog‘i ortib, unga foizlar pasayadi. Bu esa Xalq bankining resurs bazasini yanada mustahkamlaydi.

Axborot xizmati

  • Reklama huquqi asosida
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring