Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada sobiq mahkum vafoti ortidan IIB xodimi hibsga olindi

Farg‘onada sobiq mahkum vafoti ortidan IIB xodimi hibsga olindi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB xodimi I.O‘rinov hibsga olindi. U Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandida (shaxsni o‘lishiga sabab bo‘ladigan darajada og‘ir shikast yetkazish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ushbu ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Gap shundaki, fuqaro A.Qodirovga (25.11.1958-yilda tug‘ilgan) 2019-yilning 19-sentyabr kuni Furqat tuman ma’muriy sudi qarori bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi. Biroq mayda bezorilikda ayblangan mahkumga jazoni oxirigacha o‘tash nasib qilmaydi.

Rasmiy ma’lumotda qayd etilishicha, jazo muddatining yettinchi kuni (2019-yil, 16-sentyabr) A.Qodirov «...uyiga javob berishlarini talab qilib, baqir-chaqir qilganligi» natijasida IIB xodimi T.O‘rinov tomonidan kaltaklanib, og‘ir tan jarohat yetkaziladi. Mahkumga o‘sha kuni javob berilgan (bunga uning og‘ir ahvoldagi holati sabab bo‘lgan ko‘rinadi — tahr.). Biroq oradan bir kun o‘tib, A.Qodirov vafot etadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining tasdiqlashicha, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston tumani IIB xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Farg‘ona viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring