Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qizbolaga behayo suratlar jo‘natgan yigitcha jazolandi

Farg‘onada qizbolaga behayo suratlar jo‘natgan yigitcha jazolandi

Illyustrativ foto

Farg‘onada «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ida tanishishni xohlamaganligi uchun qiz bolaga behayo rasmlar yuborgan «yigitcha»ning telefoni musodara qilindi, o‘zi esa jarimaga tortildi, deb yozmoqda O‘zA.

Huquqbuzar J.Murodov (ism familiyasi o‘zgartirilgan) telegram orqali qizlar bilan tanishishni istab, D.Aning telefoniga SMS-xabarlar jo‘natadi. U bilan tanishib, uzoq muddat gaplashib yurish istagidaligini aytadi, ammo qiz buni rad etadi. Shundan so‘ng yigit har xil bahayo rasmlarni yuborishga tushadi. Qiz ushbu behayo rasmlar yuborishni to‘xtatishligini, aks holda ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishini aytib ogohlantirsada, u bu ishini davom ettiravergan. Uni topa olmasligini va qo‘lidan hech narsa kelmasligini aytib maqtangan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi IIBga murojaat qilgan.

– O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 189-moddasida pornogarfik mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish, pornografik mahsulotni, uni tarqatish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan, – deydi Quva tuman ma’muriy sudi raisi A.Jumayev. – Biroq, J.Murodov pornografik mahsulotlarni tarqatilishiga javobgarlik borligidan, bundan tashqari jabrlanuvchining yana behayo rasmlar yuborsa, IIBga murojaat qilishidan ham qo‘rqmaydi.

Mazkur huquqbuzarlik ishi Quva tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, huquqbuzar J.Murodov o‘z harakatlariga iqrorligini, boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligini aytib, jabrlanuvchidan kechirim so‘radi. Undan ashyoviy dalil tariqasida olingan uyali telefon davlat foydasiga musodara qilindi, huquqbuzarga esa 1 million 400 ming so‘mdan ortiq jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring