Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeTTB elektr tarmog‘ini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $47,1 mln kredit beradi

YeTTB elektr tarmog‘ini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $47,1 mln kredit beradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» davlat aksiyadorlik jamiyatiga 47,1 million dollargacha kredit ajratdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga ajratilgan kredit hisobidan Xorazmning Sarimay qishlog‘i va Buxoro viloyatining Jankeldi qishlog‘i o‘rtasidagi liniya qurilishini moliyalashtiriladi. Shuningdek, mazkur yangi elektr uzatish liniyalari kelgusida ayni paytda qurilayotgan 1 GVt gacha quvvatga ega bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasining umumdavlat tarmog‘iga ulanishini ta’minlaydi.

Ya’ni yangi loyiha mamlakatning shimoliy va g‘arbiy hududlaridagi yuqori quvvatli tarmoqlardagi yukni muvozanatlash, tizim quvvatini oshirish va yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, u qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy tizimga integratsiyalashuviga yordam beradi.

«O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyoti o‘sishi bilan barqaror energiya ta’minotiga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda», – deya ta’kidlaydi YeTTB.

Bankning birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring