Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Estoniya Respublikasining elektron boshqaruv Akademiyasining boshqaruv raisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Estoniya Respublikasining elektron boshqaruv Akademiyasining boshqaruv raisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 7-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunkiatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Ijrochi direktor, Estoniya Respublikasining elektron boshqaruv Akademiyasi boshqaruv raisi, janob Hannes Astok bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida mamlakatimiz o‘rtasida elektron hukumat va raqamli rivojlanish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, davlat xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga xizmatlarni ko‘rsatishda elektron almashinuv mexanizmlarni takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlilkni davom ettirish va bu borada ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring