Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga umuman ko‘chaga chiqolmay qolasiz – IIV axborot xizmati rahbari

Ertaga umuman ko‘chaga chiqolmay qolasiz – IIV axborot xizmati rahbari

Shohruh G‘iyosov.

AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Uning qayd etishicha, kelib tushayotgan aksariyat savollar — ayrim fuqarolarimizning hanuzgacha karantin qoidalarini o‘yinchoq deb o‘ylab, xavf bilan hazillashib yurishganidan dalolat bermoqda.

Savollarning asosiy mazmuni quyidagicha: fuqarolarni Yo‘l-patrul xodimlari to‘xtatib, tekshirib, go‘yo ularning bo‘lmagan kamchiliklarini qidirayotgani, taksi haydovchilariga ataylab jarima yozayotgani, avtotransportda bo‘lmasa velosipedda yurish mumkin yo yo‘qligi, go‘yo bozor yoki apteka uzoq masofada joylashgani sababli u yerga borishga qiynalib qolishayotgani, daromadi ko‘chada kira qilish bilan bog‘liq fuqarolar pulsiz qolib ketayotgani va hokazo.

Fuqarolar o‘zining va yaqinlarining sog‘lig‘ini saqlashni o‘ylashmayapti, ko‘pchilikning o‘y-xayoli — mavjud cheklovlardagi lazeykalarni qidirib, ularni aylanib o‘tib ko‘chaga chiqish.

Bu yerda nima desa bo‘ladi, agar Siz cheklovlarga rioya qilmaydigan bo‘lsangiz, cheklovlar battar kuchaytiriladi, ertaga umuman ko‘chaga chiqaolmay qolasiz. Sizga shu kerakmi?

Siz yomonlayotgan, qilmishidan kamchilik qidirayotgan yo‘l-patrul, post-patrul xizmati xodimlari tikka oyoqda 12 soatlab xizmat olib bormoqda. Ayrim xodimlar 3 sutkada bir marta, kiyimini yuvdirib-almashtirib kelish uchungina uylariga borishyapti. Profilaktika inspektorlari, ularga yordamga jalb etilgan boshqa xodimlar karantinda bo‘lgan fuqarolarning uylari tagida uyqusiz o‘tirishibdi. Ularning ham bola-chaqasi bor. Ular ham charchaydi, – dedi Shohruh G‘iyosov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring