Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

Ertaga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

Foto: «Kurgan.bezformata.com»

2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni bo‘lib, 22-iyul kuni (ertaga) soat 23:59da abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanalida ma’lum qilingan.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari hamda ta’lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring