Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkaklar qanday qasd oladi?

Erkaklar qanday qasd oladi?

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ayollar hamma sohada «zo‘r» bo‘lishni istaydilar. Orasta uy bekasi, ishxonada yetakchi xodim, turmush o‘rtoqlari uchun esa eng yaxshi AYoL!

Biz ayollarning yana bir xususiyatimiz borki, atrofimizdagilarga doim yordamga shoshilamiz. Garchand bizdan hech narsani so‘rashmagan bo‘lishsada, biz qo‘limizdan kelgancha, maslahatlar beramiz, kerak bo‘lsa yuugurib borib, o‘sha masalani tezroq hal qilib bergilarimiz kelaveradi.

Agar turmush o‘rtog‘imiz qandaydir muammoli vaziyatga tushib qolsa, biz «supermen» kabi vaziyatni qo‘lga olamiz. Kerak bo‘lsa, erning biznesini ham tashkil qilib berishimiz mumkin.

Huddiki, erkakning onasi bo‘lib, uni tinchlantirib, hammasi yaxshi bo‘lishini aytib, mas’uliyatni o‘z qo‘limizga olamiz. Maqsadimiz, turmush o‘rtog‘imiz bizning harakatlarimizni sezib, his qilib, munosib baho berishiga erishish. Erkak, albatta, bu harakatlarimizni ko‘radi, sezadi, baho beradi. Baho esa quyidagicha:

Ha, ijtimoiy hayotdagi bu faol ayolning oldida men oddiy erkak bo‘lib qolyapman, bu ayol mening kuchimga ishonmayapti, mardligimga shubhalanyapti...

Mana shu fikrlardan so‘ng erkak kishi o‘zi bilmagan holda o‘ch olishni boshlaydi...

Agar siz turmush o‘rtog‘ingizga qo‘ng‘iroq qilib, biror mavzuda uning fikrini so‘rasangiz yoki yangi ko‘ylagingiz yarashgan yoki yarashmaganligi haqida gapirib, uning shirin gaplarini kutayotgan mahalingiz, chiroyli bo‘lmagan hazillarni sizning tomonga otishni boshlasa, bilingki, u sizdan qasd olyapti. Shu bilan birga (18+) sizning kechqurungi harakatlaringizga loqayd munosabatda bo‘lsa ham erkak uning lider ekaniga shubhalanganingiz uchun siz tomonga qaragisi kelmayapti.

Albatta, buni erkak o‘zi bilmagan holda amalga oshiradi.

Bu boradagi fikringiz men uchun juda muhim.

Izohlaringizni kutaman!

Feruza Umrzoqova,
Muallif instagrami: @feruza_umrzoqova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring