Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer usti metrosi osti ko‘ngilochar maskanga aylanadi (foto)

Yer usti metrosi osti ko‘ngilochar maskanga aylanadi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari hamda Toshkent yer usti xalqa metro liniyasining birinchi bosqichi – «Do‘stlik-2 – Qo‘yliq» yo‘nalishi foydalanishga topshirilgandi.

Bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari yer usti metrosining «Do‘stlik-2 – Qo‘yliq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yerdagi jarayonlar bilan tanishdi. Ushbu  yo‘nalish 7 bekatdan iborat bo‘lib, uzunligi 11,5 kilometrni tashkil etadi.

Ishtirokchilarga ushbu metro liniyalari qurilishi bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati raisi Husniddin Hosilov ma’lumot berdi.

Uning qayd etishicha, hozirgi kunda «Sergeli» liniyasi qurilishi davom ettirilmoqda. Bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi shundan iboratki, oraliq masofa 6,9 kilometrni tashkil etadi va Sergelining zich joylashgan aholisiga qulaylik yaratadi.

«Sergeli» yo‘nalishi «Choshtepa», «Toshkent xalqa yo‘li», «Sergeli», «Afrosiyob», «Qipchoq» bekatlaridan iborat. Hozir qurilish jarayonida 100 foiz temir-beton konstruksiya ishlari bajarilgan. Yer osti ishlari tugatilgan. 1400 dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan. Ayni kunlarda yer usti metro liniyalarida temiryo‘l panjaralarini o‘rnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yuqorida ta’kidlab o‘tgan bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni chog‘da ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, yer usti metrosi pastki qismida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish qatorini tashkil qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan.

OAV vakillari yer usti metrosining Sergeli liniyasidagi qurilish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring