Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Epidemiya qachon yo‘q bo‘ladi? Dezinfeksiyani kim qilishi lozim? Koronavirusga oid savollarga javoblar

Epidemiya qachon yo‘q bo‘ladi? Dezinfeksiyani kim qilishi lozim? Koronavirusga oid savollarga javoblar

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifing vaqtida fuqarolardan tushgan bir qator savollarga javob berildi.

— Nega ko‘p joylarda (ko‘chalar, mahallalar, pod’yezdlar va h.k.) dezinfeksiya ishlari nomiga, xujako‘rsinga amalga oshirilyapti? Nega mutasaddilar buni nazoratga olishmayapti?
Men Angren shahrida 5/5 dahada yashayman. Ko‘chalarimizni dezinfeksiya qilishmadi, podezdni xlor bilan o‘zimiz tozaladik, iltimos, mas’ullarga aytinglar, dezinfeksiya qilib ketishsin.
— Respublikada shu paytga qadar xo‘jalik xisobida faoliyat yuritadigan respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar dezinfeksiya stansiyalari tizimi mavjud edi. Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkablashgani munosabati bilan hozir dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish jarayonida SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tizimi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning imkoniyatlaridan ham foydalanilmoqda.

— Karantin davrida niqob taqmagan fuqarolarga qanday jazo choralari qo‘llaniladi?
— O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 moddasiga asosan «Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Karantin davrida niqob taqmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati Ichki ishlar va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan bayonnomalar rasmiylashtiriladi. Sanitariya-epidemiologiya nazorat davlat inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan jarimalar belgilanadi.

— Aytingchi, doka niqob qanday materialdan, necha qavat qilib tikilgan yoki yasalgan bo‘lishi kerak?
— Tibbiy niqoblarni ishlab chiqarishda belgilangan Davlat standarti amal qilinadi. Niqoblar himoya darajasiga qarab, 2 turga bo‘linadi: epidemiyalar va pandemiyalarda infeksiyani tarqalishini kamaytirish uchun ishlatiladigan doka niqoblar. Ushbu niqoblar o‘ziga nam tortmaydigan materiallardan tayyorlanishi va 2 soatdan ortiq hamda ko‘p marotaba ishlatilishi mumkin emas, chunki undan ortiq ishlatilsa maskalar orqali kasallikni yuqtirib olish mumkin.
Ikkinchi turdagi maskalar – bular respiratorlardir. Respiratorlar ko‘p marotaba ishlatilishi mumkin va bunda ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘yilgan ishlatish muddatiga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.

— Epidemiya qachon yo‘q bo‘ladi?
— Mutaxassislarning taxminlari turlicha. Masala shundaki, bu ilgari ma’lum bo‘lmagan, yangi infeksiya. Koronavirusni 2002 yilda pnevmoniya epidemiyasini keltirib chiqargan og‘ir respirator sindromi (SARS) bilan taqqoslaganda, bunda xavf bir necha oy davom etishi bilan farqlanadi. Holbuki SARS ham koronavirus hisoblanadi, faqat boshqa turi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring