Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar taqdirlanadi

Eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar taqdirlanadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo‘yicha eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Taqdirlash marosimi shu yilning 23-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari, xorijlik mutaxassislar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham o‘tkazilishi rejalashgtirilgan va unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o‘rgatish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, shu yilning 23-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi o‘rtasida respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan «Ilm-fan 2020» hamkorlik dasturi imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring