Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiyani eng ko‘p Xitoy buzyapti, ammo asosiy aybdorlar boshqalar

Ekologiyani eng ko‘p Xitoy buzyapti, ammo asosiy aybdorlar boshqalar

Foto: «RIA Novosti»

«Rhodium Group» kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlar Xitoy dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari birgalikda chiqarayotgandan ko‘proq zararli gazlar bilan ekologiyani buzayotganini ko‘rsatdi.

Ta’kidlanishicha, atmosfera uchun eng zararli olti xil gaz, xususan, karbonat angidrid, metan va azot oksidi chiqarilishi Xitoyda 2019-yilda 14,09 mlrd. tonnagacha o‘sgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo qolgan mamlakatlarnikidan bu taxminan 30 million tonnaga ko‘p, deyiladi nyu-yorklik tadqiqotchilar bayonotida.

Vaholanki, Xitoy hukumatining o‘zi ham karbonat angidrid gazlari chiqarilishini kamaytirish muhimligini ta’killab keladi va 2060-yilga borib uning miqdorini nulgacha tushirmoqchi. Ayni paytda jahonda chiqarilayotgan zararli gazlarning 27 foizi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda. Ikkinchi o‘rinda — AQSh (11 foiz). Birinchi marta Yevroittifoqni quvib o‘tgan Hindiston bu borada 6,6 foiz ulushga ega.

Aholisi o‘ta ko‘pligi bois, Xitoy jon boshiga havoni ifloslashda AQShdan ortda. Tarixan yondashganda, sayyoramiz iqlimi salbiy tomonga o‘zgarib ketishida IHTT mamlakatlarining «hissasi» katta, ular 1750-yildan beri chiqargan zaharli gazlar miqdori Xitoynikidan to‘rt karra ko‘proq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring