Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng baland bo‘yli erkak ham, ayol ham bizga qardosh hisoblanadi (foto)

Dunyodagi eng baland bo‘yli erkak ham, ayol ham bizga qardosh hisoblanadi (foto)

Foto: «Thebrofessional.net»

Turkiyaning Safranbolu shahrida yashovchi Rumeysa Gelgi hozirda hayot bo‘lgan dunyodagi eng baland bo‘yli ayol deb tan olindi. Bu haqda Ginnes rekordlar kitobi saytida xabar berilgan. Havola qilingan videoda qiz o‘z hayoti haqida so‘zlab bergan.

Turkiyalik 215 santimetrli Rumeysa Gelgi Yer yuzidagi eng baland bo‘yli ayol deb topildi.

24 yoshli rekordchining bo‘yi 215,16 santimetrni tashkil etadi. Bo‘y o‘lchash marosimi Ginnes rekordlar kitobi vakillari tomonidan 2021-yil 23-mayda o‘tkazilgan. Bungacha Gelgi hozirda hayot bo‘lgan eng baland bo‘yli o‘smir qiz hisoblanardi. Uning bo‘yi 2014-yilda o‘lchangan bo‘lib, o‘shanda 213,6 santimetrga yetgandi.

Turkiyalik ayolning aytishicha, uning baland bo‘yi noyob irsiy kasallik — Uiver sindromi bilan bog‘liq. Anormal o‘sish ushbu kasallikning alomatlaridan biri hisoblanadi. Xastalik shu darajada kam uchraydiki, Gelgi Turkiyada bunday tashxis qo‘yilgan birinchi bemor bo‘ldi. Odatda qiz nogironlar aravachasi yordamida harakatlanadi, qadam tashlovchi «xodunok» yordamida esa mustaqil yurishi mumkin.

Gelgi oilasi, umuman, atrofidagilar uni juda qo‘llab-quvvatlayotganini va uning rekordidan faxrlanishini ma’lum qildi. Bolaligida masxara qilishganidan ranjigan bo‘lsa, hozir eng yoqtirmaydigan narsasi — atrofdagilarning savollari. Biroq bu turk ayolini unchalik xafa qilmaydi: u hammaning diqqat markazida bo‘lishga odatlanmoqda. Qiz onasi bilan serial ko‘rishni, oilasi bilan restoranlarga borishni, suzishni yaxshi ko‘rishini tan oldi.

U butun dunyodagi odamlarni tashqi qiyofasini qabul qilishga ilhomlantira olishiga umid qilmoqda.

«Har bir kamchilikni fazilatga aylantirish mumkin, shuning uchun o‘zingizni qanday bo‘lsa, shundayligingizcha qabul qiling, o‘z imkoniyatlaringizni biling va hammasini kuchingiz yetgunicha bajaring», — deb yozadi rekordchi.

Hozirda hayot bo‘lgan eng baland bo‘yli erkak ham turkiyalik Sulton Kosen hisoblanadi. Uning bo‘yi 251 santimetr. Gelgi uni biror marta uchrtmagan, lekin ko‘rishishni xohlardi. Ginnes rekordlar kitobiga ko‘ra, tarixdagi eng baland bo‘yli ayol — Szen Szinlyan. Uning bo‘yi 246,3 santimetr bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring